Siyyarto: YeK Vengriya energiya ta’minoti uchun muammolar keltirib chiqaryapti
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Yevropa komissiyasini Rossiya Federatsiyasidan Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berishni to‘xtatishga aloqadorlikda aybladi.
Budapesht Yevropa komissiyasini Ukraina hududidan o‘tuvchi «Drujba» quvuri orqali Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlariga Rossiya neftini yetkazib berishni to‘xtatishga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto bayonot berdi, deb yozadi 24 avgust kuni Reuters.
«Yevropa komissiyasining Vengriya va Slovakiyani energiya bilan ta’minlashda yordam berishga tayyor emasligi, Bryusseldan Kiyevga Vengriya va Slovakiya energiya ta’minotida muammolar yuzaga keltirish uchun buyruq yuborilganidan dalolat beradi», - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi agentlik.
YeK Vengriya bilan Rossiyadan neft yetkazib berish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmadi
Siyyarto bayonoti Ukrainaning Rossiya «Lukoyl» neft kompaniyasiga qarshi iyun oyida joriy etgan sanksiyalari yuzasidan Yevropa Ittifoqida davom etayotgan munozaralar chog‘ida aytildi. Rossiya Federatsiyasining neft giganti Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan keyin ham Ukraina hududi orqali o‘tgan «Drujba» quvuri tarmoqlaridan biri orqali kamida ikkita Yevropa Ittifoqi davlatiga - Slovakiya va Vengriyaga yonilg‘i yetkazib berishni davom ettirdi.
Sanksiyalar kiritilgandan so‘ng, Kiyev «Lukoyl»dan quvur orqali neftni yetkazishni to‘xtatishni talab qildi, biroq ayni paytda uni Yevropa Ittifoqiga boshqa neft yetkazib beruvchilar uchun ochiq qoldirdi. Rasmiy Budapesht va Bratislava bu qarorga qarshi chiqdi. Rossiyaparast qarashlari bilan tanilgan ikki davlat hukumatlari agar Kiyev «Lukoyl» neftini o‘tkazishni tiklamasa, Ukrainaga energiya resurslarini yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan.
Yevrokomissiya Vengriya va Slovakiya energiya ta’minoti uchun xavf belgilarini ko‘rmayotganini ma’lum qildi, chunki «Drujba»ning YeIga janubiy tarmog‘i orqali energiya yetkazib berish hajmi kamaymagan. YeK ma’lumotlariga ko‘ra, quvur orqali o‘tkaziladigan neft hajmi boshqa yetkazib beruvchilar tomonidan qoplangan.
Mavzuga oid
16:16 / 08.11.2024
Taxtaqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:30 / 23.10.2024
Vengriyadan professor-o‘qituvchilar O‘zbekistonda dars berish uchun yuboriladi
11:00 / 15.10.2024