O‘zbekiston | 18:28 / 09.09.2024
1691
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida chipta haqiqiyligini tekshiruvchi turniket ishga tushdi
Turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, haqiqiyligini tekshirish uchun mo‘ljallangani ta’kidlanmoqda.
Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida chiptalarni tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib haqiqiyligini tekshiradi. Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega yo‘lovchilarga poyezdga chiqish taqiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, yil oxiriga qadar kassalar orqali rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron (QR-kodli) ko‘rinishga o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:49 / 06.11.2024
Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
19:07 / 31.07.2024
Qoraqalpog‘istondan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
10:55 / 29.05.2024
Futzal bo‘yicha JCh vaqtida ayrim shaxslarga temiryo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma joriy etiladi
22:07 / 17.05.2024