O‘zbekiston | 07:20 / 19.09.2024
2365
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Yevrosiyo xotin-qizlar forumida qatnashmoqda

Sankt-Peterburg shahrida IV Yevrosiyo xotin-qizlar forumi ish boshladi.

Foto: Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Forum doirasida tashkil etilgan yalpi majlisning ochilishi marosimida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ma’ruza qildi.

Senat raisi o‘z nutqi davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va ularning barcha jabhalarda faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks dasturga to‘xtalib o‘tdi.

Ayniqsa, bu boradagi erishilgan amaliy natijalar forum ishtirokchilarining e’tiborini tortdi.

Jumladan, mamlakatda so‘nggi 7 yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar joriy yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tenglikni ta’minlashda eng katta yutuqlarga erishgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida e’tirof etildi.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

Mavzuga oid