O‘zbekiston | 10:00 / 20.10.2024
1935
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ijtimoiy davlatga samarali ijtimoiy himoya siyosati orqali erishamiz! 

Kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining bosh g‘oyasi hisoblanadi. Jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning oldini olish, har bir insonning munosib sharoitda, har bir kunidan mamnun bo‘lib yashashini ta’minlash bilan bog‘liq dasturiy maqsadlar mana shu g‘oya atrofida mujassamlashgan.

Foto: Xalq demokratik partiyasi

Xalq demokratik partiyasi yetakchilari 2024 yil 18 oktabr kuni Namangan shahri Uch favvora xiyobonida saylovchilar bilan ommaviy tadbirda yuzma-yuz uchrashdi.

Bayramona ruhda turli soha vakillari, jamoatchilik faollari, keksalar va yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda Xalq demokratik partiyasining siyosiy kuch sifatida davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ta’siri haqida so‘z yuritildi. XDPning barcha fuqarolar uchun birdek manfaatli maqsad va g‘oyalarini qamrab olgan yangi Saylovoldi dasturi keng tanishtirildi. 

Xususan, partiya aholini arzon uy-joy va sifatli kommunal xizmatlari bilan ta’minlash, qurilish sohasida samarali nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan har kimning uy-joyli bo‘lish huquqini ta’minlash uchun arzon uy-joylar qurilishini kengaytirishga qat’iy harakat qilmoqda. Yangi Saylovoldi dasturida “Ijtimoiy turar joylar to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish tashabbusi ilgari surilayotgan bo‘lib, unda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlari, jumladan uy-joysiz, yashash sharoiti o‘ta og‘ir, nogironligi bo‘lgan yoki oila a’zolari orasida nogironligi mavjud ayollar, oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari uchun ijtimoiy turar joylar qurishni belgilash nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, qurilish sohasida jamoatchilik hamda Davlat nazoratini kuchaytirish, qurilishlarda yashil zona, maktab, bog‘cha, poliklinika, avtoturargoh kabilarni inobatga olish bo‘yicha talablarni qonun darajasida qat’iy belgilashga erishmoqchi. Bu betartib qurilishlar oldini olishi barobarida, qurilish jarayonlarini aholiga va atrof-muhitga zararsiz tartibda tashkil etishga xissa qo‘shadi. 

Yangi saylovda Xalq demokratik partiyasi peshqadamlardan bo‘lishni, parlamentda va mahalliy Kengashlardagi deputatlik o‘rinlarinlaridan salmoqli qismini egallashni maqsad qilgan. Buning uchun partiyaning tajribasi ham, kuch va salohiyati ham yetarli ekani namanganlik saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotda yana bir bor e’tirof etildi.

Saylovchilar, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslar ma’qul kelganini, bepul maslahat beradigan “yuridik klinika”lar tarmog‘ini rivojlantirish kam daromadli fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilishda advokatura va yuridik xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlashda huquqiy yordam bo‘lishi haqidagi fikrlarni ma’qullashdi.

Tadbir yakunida saylovlarning ahamiyati haqida, yurt kelajagi va o‘z taqdiriga befarq bo‘lmaslik xususida so‘z yuritilib, Xalq demokratik partiyasiga, uning nomzodlariga ovoz berishga chaqiriqlar yangradi.

Mavzuga oid