Jamiyat | 12:10 / 24.10.2024
3216
2 daqiqa o‘qiladi

O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti ilmiy tadqiqotchilari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida “Siz qaysi mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilasiz?” va “Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi?” degan savollar bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi. 

Foto: Getty Images

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, so‘rovnoma natijalari bo‘yicha quyidagi mahsulotlarni o‘quvchilar eng ko‘p iste’mol qiladi:

  • qovurilgan taomlar – 31,5 foiz;
  • fast-fudlar – 28,8 foiz;
  • turli salatlar – 25,7 foiz;
  • qandolat mahsulotlari – 25,5 foiz;
  • suyuq taomlar – 25,2 foiz;
  • muzqaymoq – 12,2 foiz;
  • tez pishuvchi lapshalar (rollton va boshq.) – 7,6 foiz;
  • popkornlar – 7,5 foiz;
  • chipslar – 5,2 foiz.

Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi, degan savolga esa quyidagicha javob berilgan:

  • energetik ichimliklar – 52,2 foiz;
  • “kiriyeshki” va chipslar – 43,4 foiz;
  • “kukuruz” va popkornlar – 21,1 foiz;
  • tez pishuvchi lapshalar – 18,9 foiz;
  • fast-fudlar – 14,5 foiz.

Xulosada aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanishni, ya’ni ratsion bo‘yicha oqsil, vitamin va mikroelementlarga boy bo‘lgan meva-sabzavotlarni, sut va go‘sht mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish hamda jismoniy faollik tavsiya etilgan.

Mavzuga oid