O‘zbekiston | 18:54 / 25.10.2024
31991
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi

Rolls-Royce Cullinan eng qimmat narxga sotildi, 124 yil oldin ishlab chiqarilgan Daimler-Benz eng antikvar avtomobil bo‘ldi.

Rolls-Royce Cullinan

Shu yilning o‘tgan 9 oyi davomida 4 milliondan ortiq notarial harakat amalga oshirilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, eng ko‘p rasmiylashtirilgan hujjat — er va xotinning umumiy mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha rozilik arizasi.

Shu bilan birga, avtomobillar oldi-sotdisi bilan bog‘liq ma’lumotlar ham ochiqlandi.

Jumladan, Rolls-Royce Cullinan avtomobili eng qimmat narxga — 6 milliard 319 million so‘mga sotilgan.

Eng antikvar (nodir) transport vositasi sifatida 1900 yilda ishlab chiqarilgan Daimler-Benz 15 million so‘mga sotilgan.

Mavzuga oid