Starbucks global sotuvlar tarixidagi eng keskin pasayish haqida xabar berdi
Joriy yilning iyul-sentabr oylarida Amerikaning Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ining global savdosi 7 foizga kamaydi, sotuvlarning pasayishi ketma-ket uchinchi chorakda kuzatilmoqda.
Amerikaning Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ining global savdosi joriy yilning iyul-sentabr oylarida 7 foizga kamaydi, sotuvlarning pasayishi ketma-ket uchinchi chorakda kuzatilmoqda.
Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i 29 sentabrda yakunlangan 2024-moliyaviy yilning to‘rtinchi choragi uchun dastlabki natijalarni e’lon qildi.
Shu tariqa, Starbucksʼning har bir aksiyadan tushgan daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga, ya’ni 80 foizgacha kamaydi. Kompaniyaning global taqqoslanadigan tarmoq savdosi ham 2024-moliyaviy yilda 2 foizga kamaydi. Starbucks, shuningdek, kompaniyaning yuqori boshqaruvidagi kutilmagan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, 2025 yilga mo‘ljallangan moliyaviy ko‘rsatmalarini bekor qildi.
Hisobotga kiritilgan Starbucks moliyaviy direktori Reychel Rujyeri investitsiyalar o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, bu pasayish jarayoniga ta’sir qilmaganini aytdi.
Samaradorlikni oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar rejadagidek davom etdi. Biroq, ular tanazzul oqibatlarini bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmadi. Kompaniya biznesni jonlantirish rejasini ishlab chiqdi, ammo buning uchun vaqt kerak, dedi u.
Mavzuga oid
16:40 / 08.08.2022
Uzpaynet'ni sotish jarayoni boshlandi
08:21 / 17.03.2022
Ayrim turdagi mahsulotlarni sotishda qayd etilgan huquqbuzarliklarga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi
12:33 / 10.11.2021
Starbucks’ga muvaffaqiyat keltirgan 5 psixologik usul
20:09 / 26.11.2020