O‘zbekistonning birinchi elchisi Xorvatiya TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi elchisi etib tayinlangan Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida) Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol boshqarmasi boshlig‘i Mirta Yelens Jupanga o‘zining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish muhimligini qayd etdilar.
Mirta Yelens Jupan Oybek Shaxavdinovning ushbu lavozimga tayinlanishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojida yangi bosqich bo‘lishiga ishonch bildirdi va unga o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.
Oybek Shaxavdinov ikki tomonlama munosabatlar tarixida O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. U 2024 yil mart oyida O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:29 / 23.07.2024
Xorvatiyadagi qariyalar uyida otishma: halok bo‘lganlar bor
11:00 / 24.05.2024
Xorvatiya biznesi O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatini o‘rganmoqda
10:32 / 18.04.2024