2025 yilda O‘zbekiston 5,5 mlrd dollargacha tashqi qarz olishi mumkin
Keyingi yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilyapti. Shundan 3 mlrd dollar davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun, qolgan qismi esa investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. IMV 2024 yil yakunida davlat qarzi YaIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025–2027 yillarda 36,7-37 foiz oralig‘ida shakllanishini prognoz qilyapti.
2025 yilda O‘zbekiston nomidan va kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar miqdorida bo‘ladi. Bu haqda 2025–2027 yillar uchun ishlab chiqilgan Budjetnoma loyihasida keltirib o‘tilgan.
5,5 mlrd dollardan 3 mlrd dollari davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishga, qolgan qismi esa investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
«O‘rta muddatda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi bo‘yicha kiritilgan budjet qoidasiga amal qilish orqali budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan tashqi qarzlar oshishining oldini olish, bunda tashqi qarzlarni, asosan, yuqori samarali investitsiya loyihalariga jalb qilish orqali davlat qarzining YaIMga nisbatan o‘sish sur’atini sekinlashtirish choralari ko‘riladi», deyiladi qonun loyihasida.
Davlat qarzi 2024 yil 1 iyul holatiga 37 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 33,2 foizni tashkil qilgan. Shundan:
- davlat tashqi qarzi – 30,9 mlrd dollar yoki YaIMga nisbatan 27,7 foiz;
- davlat ichki qarzi – 6,1 mlrd dollar yoki YaIMga nisbatan 5,5 foiz.
IMV 2024 yil yakunida davlat qarzi YaIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025–2027 yillarda 36,7-37 foiz oralig‘ida shakllanishi prognoz qilyabdi.
Mavzuga oid
17:43 / 18.10.2024
“Qarz olinganiga yarasha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror bo‘lishi lozim” - Jahon banki katta iqtisodchisi
15:54 / 16.10.2024
Davlatlar zimmasidagi qarz 100 trln dollardan oshmoqda. Markaziy Osiyoda vaziyat qanday?
18:07 / 06.09.2024
O‘zbekistonning davlat qarzi ilk marta 37 mlrd dollarga yetdi. Umumiy qarzlar esa 60 mlrd dollardan oshgan
21:25 / 25.08.2024