Jahon | 17:01 / 29.10.2024
6437
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda ayol olti egizakni dunyoga keltirdi

Chaqaloqlarning ikki nafari o‘g‘il, to‘rt nafari qizaloq ekani aytilmoqda.

Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyatida ayol biryo‘la olti nafar egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Afg‘onistonning Etilaatroz gazetasi xabar bermoqda.

Chaqaloqlar, 28 oktyabr kuni, Juzjonning markaziy shahri Shibirg‘ondagi Shukran xususiy kasalxonasida dunyoga kelgan.

Kasalxona rahbari Kozim Siddiqiy bolalar va onaning salomatligi barqaror ekanini ma’lum qildi. Shifokorlar olti bolaning barchasi sog‘lom tug‘ilganini ta’kidlagan.

Ularning aytishicha, chaqaloqlardan ikki nafari o‘g‘il, to‘rt nafari qizaloq.

Avgust oyida Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak - 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirgandi. Undan avval Sirdaryodagi oilada uch egizak dunyoga kelgani haqida xabar berilgan.

Mavzuga oid