Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga mukofot pullarini ajratish taqiqlandi
Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi davlat organlariga o‘z xodimlarini mukofotlash uchun mablag‘larni ichki hisobraqamlarga o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.
Qozog‘iston Moliya vazirligi davlat organlariga o‘z xodimlarini mukofotlash uchun mablag‘larni ichki hisobraqamlarga o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Madi Takiyev ma’lum qildi.
«Agar davlat organida iqtisod qilingan mablag‘lar bo‘lsa, u pullarni mukofot sifatida o‘tkaza olmaydi. Ushbu pullar budjetga qaytariladi», — deydi Takiyev.
Shu bilan birga, u davlat xizmatchilariga ichki manbalardan mukofot beriladimi degan savolga ham javob qaytargan.
«Mukofot bo‘lmaydi. Biz pullarni mukofotga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan 112 kodini yopdik», — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Avvalroq hukumatda o‘tkazilgan brifingda Takiyev prezident, bosh vazir va parlament spikerlarining daromad hamda mol-mulk bo‘yicha deklaratsiyasi «ishining o‘ziga xosligi» sabab jamoatchilikka e’lon qilinmasligini aytgan edi. Shuningdek, vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, IIV va boshqa kuch tuzilmalarining rahbarlari ham kiritilgan.
Jurnalistning «moliya vaziri joriy yilda o‘z deklaratsiyasini e’lon qilishga tayyormi?» degan savoliga Takiyev 2025 yilni kutishni maslahat bergan. U 1 yanvardan boshlab o‘z daromad va xarajatlarini e’lon qilishini bildirgan.
Mavzuga oid
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
20:38 / 30.10.2024
Dekabr oyi oxirida MDH norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
10:10 / 27.10.2024