Jahon | 15:50 / 31.10.2024
2937
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi

Sholsning ta’kidlashicha, Isroil hukumati ularni Eron harbiy obektlariga javob zarbalari bergani haqida xabardor qilgan.

Foto: Sebastian Gollnow / Globallookpress

Germaniya kansleri Olaf Shols Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «qarama-qarshilikni kuchaytirmaslikka» chaqirdi. X platformasida chop etilgan bayonotda, Shols Isroil hukumati yaqinda amalga oshirilgan raketa hujumidan so‘ng ularni Eron harbiy obektlariga qarshi javob zarbalari haqida xabardor qilganini ta’kidladi.

Shols tinch aholiga yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun chora ko‘rilganini, bu esa vaziyat yanada keskinlashishining oldini olishga yordam berishini ta’kidladi. «Mening Eronga xabarim aniq: taranglik davom eta olmaydi. Bu tugashi kerak. Shundagina Yaqin Sharqda tinch rivojlanish imkoniyati paydo bo‘ladi», — deydi u.

Shols, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodagi asirlarni ozod qilish zarurligini ta’kidlab, barcha tomonlarni bunga chaqirdi. Livan masalasida u «BMT 1701-rezolyutsiyasi barcha tomonlar uchun yo‘l-yo‘riq bo‘lib qolmoqda», deb qo‘shimcha qildi. «Biz «Hizbulloh» Litani daryosi ortiga chekinib, tinch rivojlanishga imkon berishini kutamiz», — dedi u.

Mavzuga oid