O‘zbekiston | 07:50
1452
2 daqiqa o‘qiladi

Tovarlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliq oshirilishi mumkin

Tovar va xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga foyda solig‘ini oshirish, ya’ni 10 foiz (amalda 7,5 foiz) stavkada belgilash taklif etilmoqda.

Foto: Freepik.com

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil uchun taqdim etgan Budjetnoma bilan O‘zbekistonda 2025 yilda asosiy soliqlarni o‘zgarishsiz qoldirish rejalashtirilmoqda.

Tovar va xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga foyda solig‘ini oshirish, ya’ni 10 foiz (amalda 7,5 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqni 3 foiz (amalda 2 foiz) stavkada belgilash taklif etilmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilgan. Faoliyat turi va joylashgan hududiga qarab minimal va maksimal stavkalar ham joriy etiladi.

JSTning subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga asosan tovar va xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda va aylanma soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etilmoqda. 2023 yilda bu imtiyozlar hajmi 1,13 trillion so‘mni tashkil etgan.

Aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy stavkalari 30/40 million so‘m miqdorida o‘rnatilmoqda va mazkur tartibni qo‘llash muddati 2026 yil 1 yanvar (amalda muddat belgilanmagan) etib belgilanmoqda.

Mavzuga oid