O‘zbekiston | 13:06
5368
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘yicha 18-22 noyabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha noyabr oyining ikkinchi yarmi uchun deyarli iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +15...+20 daraja bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qalin tuman hisobiga harorat +8...+11 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida bugun quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.

Ertaga, 19 noyabr kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi (shimoli-g‘arbiy, sharqiy va respublikaning eng chekka janubiy hududlardan tashqari). 20 noyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechalari +3...+8 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja bo‘ladi.

21-22 noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Shamol yo‘nalishi birozdan o‘rtacha tezlikkacha o‘zgarib turadi, 21-22 noyabrda shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 18-22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 19-20 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +18...+20 daraja bo‘ladi.

Ertaga, 19 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 20-21 noyabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechalari asosan +5...+8 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Mavzuga oid