Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
Xitoyning Zhongtong kompaniyasida ishlab chiqarilgan avtobuslar bilan jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsad qilingan.
Urganch shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida Xitoyning Zhongtong kompaniyasida ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
18 noyabr kuni «Bunyod yo‘lovchi tashish» korxonasida yangi avtobuslarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etib, viloyatda aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida to‘xtaldi.
Avvalroq, Zhongtong kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta avtobus Urganchga keltirilgan edi. Qayd qilinishicha, yil oxirigacha yana 30 tasi keltiriladi. Natijada shaharda 16 ta yo‘nalishda 148 ta avtobus harakatlanib, har kuni 136 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi tashish hajmi ikki barobardan ziyod ortib, qatnovlarning oraliq intervali 18 daqiqadan 10 daqiqaga qisqaradi.
Mavzuga oid
10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
15:37 / 07.11.2024