Turkiya Mudofaa vaziri: "Mamlakat xoinlarning katta qismidan tozalandi"
Turkiya Mudofaa ishlari vaziri Fikri Ishik Anadolu agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildiki, Turkiya qurolli kuchlarining katta qismi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etgan isyonchi va xoinlardan tozalangan.
"Turkiya qurolli kuchlari tarkibidagi xoinlarning asosiy qismi aniqlandi va qo‘lga olindi. Shu orqali isyonchilarni ichkaridan qo‘llab-quvvatlash ehtimoli deyarli yo‘q qilindi", degan u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, quruqlik qo‘shinlari, HHK, HDK, jandarmeriya hamda sohilbo‘yi qo‘riqlov xizmatlarida ishdan olingan harbiylar soni 3725 nafarni tashkil qilmoqda.
15 iyul oqshomidagi voqealardan keyin mamlakatda yalpi tozalash tadbirlari boshlandi va isyonchilarga aloqadorligi gumon qilingan kishilar qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
12:52 / 05.05.2018
Tozalik himoyasida. Tez kunlarda yangi maxsus texnika Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlaydi
20:42 / 23.06.2017
Yosh advokat sohilni 5 ming tonna chiqindidan xalos qildi (fotojamlanma)
21:47 / 09.06.2017
Suvni neftdan tez va sifatli tozalash usuli kashf qilindi
22:56 / 14.03.2017