Pokiston bosh vaziri ijtimoiy tarmoqlarni "kufrona" kontentdan tozalashni buyurdi
Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 14 mart, seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarni "kufrona" kontentdan tozalashni buyurdi. Bu haqida Pokiston musulmonlar ligasi (PML) partiyasining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
"Huquqni himoyachilari kufrona materiallarni tarqatayotgan kishilarni izlab, ularni qonuniy javobgarlikka tortishlari kerak. Ijtimoiy mediadagi kufrona kontent - butun musulmon ummatining diniy qarashlarini haqorat qilish maqsadidagi razil fitna", - dedi bosh vazir.
Sharif ijtimoiy tarmoqlarni kufrona kontentdan tozalash masalasi adliya organlari tomonidan ishlab chiqilayotganini ta'kidladi. Shuningdek u Pokistonning vakolatli organlari bu masalani xorij tarmoqlarida ham ko‘tarishlarini buyurdi.
Pokiston qonunlariga ko‘ra, kufr uchun hatto o‘lim jazosi begilanishi mumkin. Mamlakat qonunchiligining bu masaladagi tajribasi xalqaro huquni muhofaza qilish tashkilotlari tomonidan muntazam ravishda tanqid ostiga olinadi.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
12:27 / 21.08.2024