Sport | 09:17 / 16.09.2016
14359
2 daqiqa o‘qiladi

"Real" muxlisi o‘z jamoasi golini nishonlayotib vafot etdi

14 sentabrda kechki vaqt Alikante yaqinidagi barda Madridda "Santyago Bernabeu" stadionida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining mahalliy "Real" va Lissabonning "Sporting" klublari o‘rtasidagi 1-uchrashuvi o‘tayotgan vaqtda fojia yuz berdi.

"Real" o‘z maydonida 89-daqiqagacha yutqazib kelayotgan edi, biroq Krishtianu Ronaldu goli evaziga hisob tenglashdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda "Real" futbolchisi Alvaro Morata raqib darvozasiga g‘alaba to‘pini kirita oldi. Barda o‘yinni tomosha qilayotgan muxlis Morataning golini nishonlayotib yurak xurujiga uchradi va buning oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda AS.

Barda bo‘lgan voqea guvohining aytishicha, muxlis golni nishonlash uchun o‘rnidan turgan, biroq to‘satdan xushidan ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan.

Mavzuga oid