Light | 21:18 / 22.09.2016
18688
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Samolyot ichida restoran

Xitoylik kishi 5 million dollarga yaqin pul sarflab, Indoneziya havo yo‘llarining Boeing 737 samolyotini restoranga aylantirdi.

Lily Airways restorani Markaziy Xitoyning aholi zich joylashgan shahri bo‘lmish Xubey viloyatida sentabr oyining boshida ochildi. Unda 20ta stol mavjud va restoran kuniga 200ga yaqin kishini qabul qila oladi. Turli toifadagi taomlar menyusi 25 dollardan 60 dollargacha narxlarda.

Restoranni qurish vaqtida uning ichida ikkita qism saqlab qolindi  — salondagi yuk tokchalari mijozlar buyumlarini ushlab turish uchun qo‘llaniladi, ofitsiantlar esa mehmonlarga parvoz xodimlari formasida xizmat ko‘rsatishadi.  Lekin o‘rindiqlar samolyotnikiga nisbatan ancha qulayroq qilib jihozlangan.

«Bort»da kechlik qilish uchun mehmonlar yo‘lovchi talonini olishiga to‘g‘ri keladi, keyin maxsus zalda kutib, zina bo‘ylab samolyot ichiga kirishadi.

Restoran egasi samolyotni avvalroq sotib olishni niyat qilgan edi. Unga havo kemasini mehmonxonaga aylantirgan shvedlarning loyihasi ilhom bag‘ishladi.

Kemani Xitoyga yetkazish uchun uni buzish va qismlarga ajratgan holda  Uxanga jo‘natib, qaytadan yig‘ishga to‘g‘ri keldi. Restoran egasining aytishicha, bunday katta hajmdagi samolyotda uchish juda qimmatga tushadi.

Tadbirkorning rafiqasi Lilining (restoran uning nomiga qo‘yilgan) ta'kidlashicha, bu sevgi izhorining eng yaxshi ko‘rinishidir.

 

Mavzuga oid