Fan-texnika | 21:20 / 26.09.2016
6129
2 daqiqa o‘qiladi

Spectacles - tarmoqlarga video joylashtiruvchi ko‘zoynak

Snapchat messenjeri asoschilari yashin tezligida 10 soniyali videoroliklar olib, ularni ijtimoiy dasturning Memories bo‘limiga joylashtiruvchi zamonaviy gadjyetni ishlab chiqishdi. Bu yangi ixtiro rangli yoki qora oynali va rangli dastali Spectacles ko‘zoynagidir.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, smartfonning vertikal holatida video olayotgan mahal paydo bo‘luvchi qora chiziqlar muammosini hal etishga muvaffaq bo‘lishdi - olingan suratlar tasmasida "dumaloq aylana" shaklida kesilgan maxsus rasmlar bo‘ladi. Smartfonda  tomosha qilish vaqti video har qanday yo‘nalishda to‘liq ekran rejimida paydo bo‘ladi.  Spectacles foydalanuvchisi video olayotganini boshqalarga kamera atrofida joylashgan  LED indikatori ma'lum qiladi.

Tasvir olish nuqtasi optika ustida chap tomonda joylashgan. Simsiz kamera internetga smartfon orqali Bluetooth/Wi-Fi bilan ulanadi va videoni darhol Snapchat tasmasiga joylashtiradi.

Qo‘llanilgan optika va o‘rnatilgan akkumulyatorning texnik ma'lumotlari hozircha noma'lum. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, batareya kun bo‘yi ishlashga yetadi. Ixtiro kuz oyida 130 dollar hisobida sotuvga chiqadi. Ko‘zoynaklar to‘plami foydalanuvchilarning gadjyetga bo‘lgan talabini tahlil qilish uchun avvaliga cheklangan miqdorda chiqariladi.

Mavzuga oid