Jahon | 01:07 / 22.10.2016
14970
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinning so‘kong‘ich prezidenti Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi

Foto: Ace Morandante ZUMAPRESS/ globallookpress

O‘zining "andisha qilib o‘tirmaydigan" fe'l-atvori bilan ajralib turadigan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte uning davlati Rossiya va Xitoy bilan harbiy ittifoq tuzishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Bu harbiy ittifoq, balkim iqtisodiy ittifoq, yoki iqtisodiy blok bo‘lishi mumkin. Ehtimol men Rossiyaga Putin bilan gaplashgani borishim va Xitoy, Filippin va Rossiya – butun dunyoga qarshi turuvchi uch davlat ekanimizni aytishim mumkin", deb aytdi Duterte.

Mavzuga oid