Pokistonda jangarilar politsiya kursantlarini garovga oldilar
Pokistonning janubidagi Kvetta shahrida qurollangan jangarilar 500 nafar politsiya kursantini garovga oldi. Bu haqda Dawn gazetasi ma'lum qildi.
Jangarilarning politsiya kollejiga hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RT. Yana 12 kishi jarohatlangan.
Ma'lum qilinishicha, bosqinchilar 5-6 kishi bo‘lgan. Ular kollejga bostirib kirishgan.
Xavfsizlik kuchlari hududda maxsus operatsiyani boshlashgan. Ma'lum qilinishicha, 2 jangari yo‘q qilingan. Kamida 7 nafar politsiyachi jarohat olgan.
Mahalliy OAV yozishicha, kollej binosida o‘q ovozlari va kamida ikkita kuchli portlash ovozi eshitilgan. Ta'kidlanishicha, terrorchilar avtomat va granatalar bilan qurollangan.
Maxsus operatsiyaga shuningdek Pokiston qurolli kuchlari jalb qilingan. Ikkita harbiy vertolyot havodan turib ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
18:21 / 04.11.2024