Qozog‘istonlik Rossiyaga qo‘shilishga chaqiriqlari uchun ozodlikdan mahrum etildi
Shimoliy Qozog‘iston viloyati Petropavlovsk shahar sudi qishloqlardan birida yashovchi Igor Chuprin ismli kimsani, tergov ma'lumotlariga ko‘ra, millatlararo adovatni qo‘zg‘ovchi va Rossiyaga qo‘shilishga chaqiruvchi postlari uchun 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan xabar berdi.
Sudlanuvchi "Axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llab milliy adovatni qo‘zg‘ashga qaratilgan harakatlar" va "Qozog‘iston Respublikasi unitarligi va yaxlitligiga putur yetkazishga qaratilgan tashviqot" moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi.
Sudlanuvchi bu postlarni Igor Chup taxallusi ostida "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida 2014 yil 1 sentabrdan 2015 yil 20 mayigacha chop etib borgan. Sudning ta'kidlashicha, Chuprin ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabar va izohlar uning qozoq millati vakillariga salbiy munosabatda ekanligini ko‘rsatgan.
Sud matbuot xizmatida Chuprinning sahifasida salbiy izohlar qoldirgan foydalanuvchilarga nisbatan ham sudgacha tergov olib borilayotgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
19:18 / 25.09.2024
Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi
22:59 / 24.09.2024
Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
21:24 / 24.09.2024
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
18:31 / 23.09.2024