Atambayev O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev hozircha O‘zbekistonga tashrif rejalashtirmagan. «Interfaks» xabariga ko‘ra, u O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqoti vaqtida O‘zbekistonga tashrifni amalga oshirish imkoniyatlari xususida so‘zlashgan, ammo uning rejasida bunday safar hozircha yo‘q.
«Men O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlayman. Biz u bilan telefon orqali muloqot qildik va tashrif haqida gaplashdik. Ammo hozircha O‘zbekistonga borishni rejalashtirmaganman. Bu yil men Hindiston va Rossiyaga boraman. Kelasi yilning yanvarida Xitoyga tashrif rejalashtirilgan», — degan Atambayev jurnalistlarga.
Atambayevning aytishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamda hududdagi barcha mamlakatlar orasida do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish o‘ta muhimdir.
Bundan bir necha kun oldin, ba'zi manbalarda Atambayev O‘zbekistonga tashrif rejalashtirayotgani, safari davomida Samarqandga borib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi haqida xabar tarqalgandi.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024