Jahon | 19:44 / 17.12.2016
4677
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Turkiya bilan aksilterrorchilik sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi bildirildi

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Kaysari shahridagi terakt tufayli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma'lum qilindi

"Aminmanki, bunday hujumlarga javob ekstremistik guruhlarga qarshi yanada qat'iyroq kurash bo‘lishi kerak. Rossiya o‘z tomonidan Turkiya bilan aksilterrorchilik sohasida hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor", deb aytdi Putin.

Putin, shuningdek, Erdo‘g‘andan teraktda halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga ta'ziya bildirib qo‘yishni iltimos qilgan. 

Avvalroq Kaysaridagi teraktni kurd ayirmachi guruhi amalga oshirgani ma'lum qilingandi.

 

Mavzuga oid