Light | 20:52 / 23.12.2016
15458
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning asosiy ilmiy kashfiyotlari e'lon qilindi

Ilm-fan sohasidagi obro‘li xalqaro nashriyotlardan hisoblangan Science jurnali, tahririyat nuqtainazari bo‘yicha 2016 yildagi eng muhim ilmiy kashfiyotlari ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatga LIGO hamkorligi tomonidan tortishish to‘lqinlari va Quyoshga eng yaqin bo‘lgan Proksima Tsentavra yulduzida Yerga o‘xshash ekzosayyoraning aniqlanishi kabilar kiritilgan.

Mualliflar, shuningdek, Google DeepMind kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AlphaGo sun'iy aqlining xitoycha Go o‘yini bo‘yicha professional Li Sedolni mag‘lub etganini ham e'tirof etishgan. Bu voqelikni DeepBlue dasturi va Garri Kasparov o‘rtasidagi shaxmat o‘yiniga qiyoslashgan.

Reytingning to‘rtinchi o‘rniga o‘rta yoshli sichqonlardagi qarigan to‘qimalarni olib tashlash, ularning umri uzayishiga sabab bo‘lganiga oid kashfiyot joylashtirilgan. 

Odamsimon maymunlarda boshqalarning xohish va niyatini aniqlash imkonini beruvchi ruhiy holat (theory of mind)ning mavjudligi, oqsillar xususiyatlarini bashorat qila oladigan kompyuter dasturining ishlab chiqilgani va laboratoriya sharoitida yetishtirilgan tuxum hujayradan tirik sichqon paydo bo‘lishi ham yilning muhim ilmiy kashfiyotlari sifatida e'tirof etilgan. 

Ilmiy ishlar reytingida, dastlab Afrikada istiqomat qilgan qadimgi odamlarning butun dunyo bo‘ylab ilk va yagona ko‘chish orqali tarqalganining isbotlanishi, DNK hujayralari shifrlarini ochish uchun ixcham qurilmaning ishlab chiqilishi hamda metamateriallardan nuqsonsiz linzalarning ishlab chiqilishi kabi natijalar ham joy olgan. 


 

Mavzuga oid