Jahon | 11:44 / 04.03.2017
4847
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaparast partiya Shimoliy Irlandiya parlamentida o‘z ustunligini saqlab qoldi

Shimoliy Irlandiyaning Demokratik yunionchilar partiyasi (DUP) navbatdan tashqari parlament saylovlari natijasiga ko‘ra, so‘l kayfiyatdagi "Shinn Feyn" respublikasi partiyasini bir ming ovoz farqi bilan ortda qoldirdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

Saylov natijasiga ko‘ra, DUP 90 kishilik parlamentda 28 o‘ringa ega bo‘lgan, "Shinn Feyn" partiyasi – 27 o‘rinni egallagan. Shu bilan birga, agentlikning qayd etishicha, o‘tgan yili "Shinn Feyn" partiyasining parlamentdagi a'zolari soni bu yilgidan 10 nafarga kam edi. Kelasi 3 hafta mobaynida ikki yirik partiya yangi hukumatni shakllantirishi kerak. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2 mart kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ovoz berganlar soni rekord ko‘rsatkich – 65 foizni tashkil etgan. Unda 800 ming kishi qatnashgan. 

Mavzuga oid