Apple: Wikileaks hisobotida keltirilgan nuqsonlar bartaraf etildi
Amerikaning Apple kompaniyasining bayonot berishicha, so‘nggi iOS dasturiy ta'minotidagi smartfonlar xavfsizligi bilan bog‘liq nuqsonlarning katta qismi tuzatilgan. Bu nuqsonlar haqida WikiLeaks saytida so‘z yuritilgan edi.
«Dastlabki tahlil shuni ko‘rsatdiki, bugun e'lon qilingan nuqsonlarning aksariyati dasturiy ta'minotning so‘nggi namunasida tuzatilgan. Biroq, biz har qanday zaifliklarni zudlik bilan bartaraf etish ustida ishlaymiz», - deyiladi bayonotda.
7 mart kuni Wikileaks sayti MRB (AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi) Kiberjosuslik Markazining ichki tarmog‘idan olingan 9 ming hujjatni e'lon qilgan edi. Hujjatda Windows, MacOS va Linux kabi dasturiy ta'minotlar hamda tarmoq routerlari va marshrutizatorlaridagi foydalanuvchini tinglash imkonini beruvchi maxfiy dasturlar haqida so‘z boradi. Bunda, maxsus xizmatlar dasturiy ta'minotlardagi yopilmagan zaiflik va nuqsonlardan o‘zlarini qiziqtirgan shaxslarning yozishmalariga kirishda foydalangan.
MRB, hisobotga ko‘ra, WhatsApp, Telegram va Signal kabi messenjerlardan xabarlarni olgan, «aqlli televizorlar»ga kirgan.
Aytish joizki, hozircha, Apple ushbu hisobot yuzasidan oshkora izoh bergan yagona kompaniya bo‘lib qolmoqda. MRB Wikileaks fosh etishiga qarashini bildirmagan.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024
Apple Globalstar sun’iy yo‘ldosh kompaniyasiga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi
00:17 / 31.10.2024