Jahon | 20:20 / 23.05.2017
6893
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Isroil safarini yakunladi. Keyingi manzil Vatikan

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ilk xorijiy safari doirasida Isroildan Vatikanga yo‘l oldi. Bu haqda Haaretz xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, u Isroil va Falastinda jami 27 soat o‘tkazdi.

Prezidentning qizi Ivanka hamda kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner u bilan safarni birga davom ettirmoqda.

U Isroil va Falastinga safari davomida hududga tinchlik keltirishga va'da berdi, biroq o‘zidan avvalgi prezidentlar eplay olmagan bu ishning qanday uddasidan chiqishiga aniqlik kiritmadi.

Tramp mojarolashayotgan ikki davlat yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazib, ommaviy chiqishlar qilgach va muqaddas diniy qadamjolarni ko‘zdan kechirgach, rafiqasi, qizi va kuyovi bilan Tel-Aviv xalqaro aeroportiga vertolyotda yetib keldi. U shu yerdan ilk xorijiy turnesidagi keyin manzil – Italiyaga jo‘nab ketdi. 

Trampni samolyoti yonida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rafiqasi bilan va prezident Reuven Rivlin kuzatib qo‘yishdi. Bu munosabat bilan uchish maydonida turli qo‘shinlar vakillaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.  

Tramp Al-Quds va Baytlahmda isroilliklar va falastinliklar tinchlikka kelisha olishlariga umid bildirdi, ularga bunda yordam berishga va'da berdi va ikki tomonning vaziyatni tartibga solish bo‘yicha sa'y-harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha va'dalarini olganini ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq Saudiya Arabistonida bo‘lgan Tramp Isroilga safarida arab dunyosi tomondan Eron tahdidi oldida cho‘chiyotgan Isroilga nisbatan kayfiyatlar yaxshilanayotganini ta'kidlab o‘tdi. U isroilliklarni bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmay, arab davlatlari tomondan shakllantirilayotgan mintaqaviy "hamkorlar koalitsiyasiga" qo‘shilishga chaqirdi.       

Mavzuga oid