O‘zbekiston | 17:40 / 04.07.2017
13541
1 daqiqa o‘qiladi

Uzcard’da MasterCard xalqaro to‘lov kartalaridan to‘lovlarni qabul qilib olish mumkin

Foto: «Uzcard.uz»

Yagona umumrespublika protsessing markazi MasterCard xalqaro to‘lov tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda MasterCard xalqaro to‘lov kartalaridan to‘lovlarni qabul qilib olish loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda «Uzcard.uz» saytida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, 30 iyun kuni MasterCard kartasi bo‘yicha birinchi tranzaksiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu valyuta kartalariga ega xorijlik mehmonlar bu yangilik bilan qiziqib ko‘rishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida mamlakat hududida naqd pulsiz xarid qilish imkoniyatini oshiradi.

Hozirda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan mamlakatning barcha hududlaridagi savdo markazlarida MasterCard kartalarini qabul qiluvchi terminallarga dasturiy ta'minot o‘rnatish ishlari boshlangan.

Mavzuga oid