Sport | 12:46 / 26.07.2017
10547
1 daqiqa o‘qiladi

Fotofakt: Gvardiola faoliyati davomida transferlar uchun 1 mlrd yevro sarflashga ulgurdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola, «Monako»dan himoyachi Benjamen Mendini himoyachilar uchun rekord bo‘lgan 57,5 million yevro evaziga sotib olgan, butun murabbiylik faoliyati davomida amalga oshirgan xarajatlari miqdorini 998,4 mln.yevroga yetkazdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz kulbida kataloniyalik mutaxassis bugungi kunga qadar yangi futbolchilarni sotib olish uchun 453 mln yevro sarfladi. «Bavariya» uch mavsum uchun uning harajatlari 203 mln yevroni, «Barselona»da to‘rt mavsum davomida esa 341 mln. yevroni tashkil qilgandi.

Gvardiola xarid qilgan eng qimmatbaho futbolchi hujumchi Zlatan Ibrahimovich bo‘lib, 2009 yilda «Barselona» uning transferi uchun 69,5 mln yevro sarflagandi.

Mavzuga oid