O‘zbekiston | 09:27 / 14.08.2017
48001
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanining sobiq hokimi Olmaliq shahriga hokim bo‘ldi 

Mira'zam Mirqosimov Toshkent viloyatining Olmaliq shahri hokimi etib tayinlandi. U bundan avval Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi Uy-joy fondini texnik holatini monitoring qilish va XUJMShlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Yunusobod tumani hokimi sifatida ishlagan. Yangi lavozim tayinlovi haqida viloyat hokimligi saytida ma'lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, Mirqosimov 25 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi

12 avgust kuni esa Olmaliq shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar idorasi rahbari va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingani xabar berildi.

Mavzuga oid