iOS 11'dan Apple'ning hali e'lon qilinmagan qurilmalari haqida ma'lumotlar olindi
iOS 11'ning yakuniy versiyasi reliziga uch kun qolganda xakerlar tarmoqda «Golden Master» versiyasining dasturiy ta'minotiga havola taqdim etishdi. Bu versiya ko‘p holatlarda 12 sentabr kuni namoyish qilinadigan yakuniy versiyaga muvofiq kelmoqda. Shunga qaramay, uni hozirdanoq yuklab, o‘rnatib olish mumkin. Biryo‘la qanday yangiliklar borligidan voqif bo‘lasiz, deyiladi Hi-Tech'da.
«Golden Master» nima?
«Golden Master» — kompaniya rasmiy reliz oldidan takomillashtirayotgan dasturiy ta'minotning yakuniy versiyasi. Agar unda qandaydir fatal xatolar aniqlanmasa, aynan u yangi rasmiy yakuniy versiya bo‘ladi. Barcha mayda kamchiliklar kelgusi versiyalar va yangilanishlarda to‘g‘irlanadi. Yagona cheklov - dasturiy ta'minotni faqat iTunes orqali o‘rnatish mumkin. Buning uchun qurilmangiz uchun dasturiy ta'minotni yuklab oling va iTunes'da "Yangilash" yoki "Qayta tiklash"ni tanlang. Har ehtimolga qarshi qurilmani bekap qilishni unutmang.
Dasturiy ta'minotda qanday yangiliklar?
iOS 11'ning yakuniy versiyasida ko‘p yangiliklar aniqlandi, gap aynan operatsion tizimning o‘zi haqida emas, Apple'ning hali e'lon qilinmagan mahsulotlarida. Masalan, kompaniya yangi simsiz Air Pods quloqchinlarini, shuningdek LTE orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshira oluvchi uchinchi avlod Apple Watch soatlarini tayyorlayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu gadjyetlar 12 sentabr kuni iPhone 8 bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.
iPhone 8'ga keladigan bo‘lsak, dasturiy ta'minot tahlilidan keyin quyidagilar aniqlandi: yangi iPhone portretlar uchun yangi vspishka, True Tone displeyi va yuzdan taniy oluvchi Face ID tizimi bilan ta'minlanadi. Tizim foydalanuvchining qachon qurilma ekraniga qarashini aniqlab, uni o‘chirmaydi.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024
Apple Globalstar sun’iy yo‘ldosh kompaniyasiga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi
00:17 / 31.10.2024