Shavkat Mirziyoyev yangi aeromajmua qurilishi bilan tanishdi
Davlat rahbari 2 dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yil 16 maydagi qaroriga muvofiq bu yerda «Toshkent-4» xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda yangi inshoot loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari takomillashtirildi.
Loyiha O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning bank va jamg‘armalari hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi xalqaro aeroportda soatiga 1 ming 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Prezident mablag‘lardan samarali foydalanish, qurilish ishlarini boshlash uchun hududni tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Davlat rahbari xalqaro yo‘nalishlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi, qayta qurilayotgan kutish zalini ham borib ko‘rdi. Bu yerda zamonaviy mehmonxona qurish, axborot texnologiyalari asosida zamonaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Aeroport O‘zbekistonning ostonasi. Shu bois bu yerda mehmonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar bo‘lishi kerak, dedi prezident.
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024