Jahon | 19:06 / 15.12.2017
19956
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla va Toyota mashinalari arqon tortish bo‘yicha bellashdi (video) 

YouTube’dagi Bjørn Nyland kanalida Tesla Model X elektrokrossoveri va Toyota Land Cruiser Prado krossoverining arqon tortishda bellashgani qayd qilingan video joylashtirildi. 

Rolikka qoldirilgan izohda bellashuvda 2600 kg og‘irlikka ega, umumiy quvvati 762 ot kuchiga teng bo‘lgan ikkita elektr dvigatel bilan jihozlangan va Nokian Hakkapeliitta 8 shinalarida bo‘lgan Tesla P90DL modeli ishtirok etgani ma'lum qilingan. Uning “raqibi” 2200 kg vaznga ega, quvvati 173 ot kuchini tashkil qiluvchi dizel dvigatelli va friktsion shinali Toyota Land Cruiser Prado bo‘lgan.  

Videoda bellashuvning boshida Tesla o‘z ortidan Prado’ni tortqilab ketganini ko‘rish mumkin. Biroq bellashuv nima bilan tugagani noaniq bo‘lib qolgan, chunki Prado o‘chib qolib, uning dvigatelini ishga tushirishda muammolar yuzaga kelgan. 

Mavzuga oid