O‘zbekiston | 22:00 / 01.02.2018
12043
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Afrindagi harbiy amaliyotlar natijalari haqida ma'lumot berdi

Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolida «Zaytun butog‘i» amaliyoti doirasida «800 nafar terrorchi»ni yo‘q qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishi vaqtida ma'lum qildi.

«Zaytun butog‘i» amaliyoti boshlanganidan buyon 800 terrorchi yo‘q qilindi», degan u.

Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi 20 yanvar kuni «Zaytun butog‘i» operatsiyasi boshlanganini e'lon qilingan edi. Turkiya uni Kurdiston ishchi partiyasi, shuningdek, «Demokratik ittifoq» partiyasi va «Xalq mudofaa kuchlari» (YPG) singari kurd tashkilotlariga qarshi o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid