O‘zbekiston | 09:11 / 06.02.2018
6575
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmalarida 64 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi

Foto: Turkiston - press

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ma'lumotlariga qaraganda, o‘tgan yili Qozog‘iston, Tojikiston, Latviya, Qirg‘iziston va Tataristonda “O‘zbekiston milliy mahsulotlari” ko‘rgazmasi o‘tkazilib, umumiy qiymati qariyb 64 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 140 ga yaqin, shuningdek, tashkil etilgan yigirmadan ziyod xalqaro ko‘rgazma hamda yarmarkalarda 21 million AQSh dollariga yaqin bo‘lgan 145 dan ortiq hujjatlar imzolandi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Chexiya, Shvetsiya, Belgiya, Estoniya, Germaniya, Gretsiya, Turkiya ishbilarmon doiralari tashriflari amalga oshirilib, yigirmadan ortiq biznes-forumlar uyushtirildi. Natijada yurtimizda 10 ta qo‘shma korxona tashkil etilib, bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. 

Mahalliy tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni xorijga yetkazib berish masalasi ham e'tibordan chetda qolmadi. Misol uchun, o‘tgan yili 210 dan ko‘proq mahalliy tadbirkorlik sub'yektlarining qariyb 60 million AQSh dollarilik mahsulotlari xorijlik buyurtmachilarga yetkazib berilgan. 

Mavzuga oid