O‘zbekiston | 09:23 / 06.02.2018
12312
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Umra» dasturini amalga oshirishga kirishdi 

Joriy yilning 1 fevralidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Umra. Bahor-2018» dasturi doirasida qatnovlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Navbatdagi dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha jami 46ta qatnov amalga oshirilib, 8736 nafar ziyoratchini  Boeing 767 samolyotlarida belgilangan manzilga eson-omon yetkazish rejalashtirilgan.

Ta'kidlash joizki, milliy aviatashuvchi mutaxassislari tomonidan «kichik haj» amaliga puxta hozirlik ko‘rish bilan birga ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish, yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Jumladan, ziyoratchilar bilan ishlovchi maxsus guruh tashkil etilgan. Shuningdek, sahn taomnomasiga ham alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, undan halol go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar, turli salatlar, sarxil mevalar va shirinliklar o‘rin olgan. Milliy aviakompaniyaning barcha tarkibiy bo‘linmalari mazkur dasturni amalga oshirishga shay.

«Umra. Bahor-2018» dasturi shu yilning 29 martiga qadar davom etishi ko‘zlangan.

Mavzuga oid