Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Saudiya Arabistoni Olimpiya qo‘mitasi rahbari Turki bin Abdulmuhsin Al Shayx Butunjahon bouling markazi rahbariyati bilan qirollikda birinchi uchta bouling va bilyard-klublar ochilishi haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligining ma'lum qilishicha, klublar qirollikning uchta shahri: Ar-Riyod, Jidda va Ad-Dammamda ochiladi. Kelishuv drift (avtomobillarni ekstremal boshqarish) va boshqa sport loyihalari uchun maxsus joy ajratilishini ham o‘z ichiga oladi. Ular haqida keyinroq ma'lum qilinadi.
Ta'kidlanishicha, kelishuv qirollikda ko‘ngil ochish sektorini rivojlantirish rejasi doirasida imzolangan.
Saudiya Arabistoni hokimiyati tepasiga qirol Salmonning kelishi va uning o‘g‘li Muhammad bin Salmonning valiahd shahzoda etib tayinlanishi bilan qirollikda jadal ravishda o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jumladan, ayollarga ko‘proq erkinliklar berilmoqda. Xususan, ularga mashina haydash va sport tadbirlariga tashrif buyurishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
19:43 / 29.09.2024
Saudiya Arabistonida 2024 yilda qancha inson qatl etilgani ma’lum bo‘ldi
12:40 / 27.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024