Apple uchta yangi modeldagi smartfon ishlab chiqarmoqchi – Bloomberg
Apple joriy yil oxirida uchta yangi iPhone modelini – avval chiqarilgan ayfonlarga nisbatan eng katta ekranli, iPhone X’ning yangilangan va hamyonbop versiyalarini chiqarmoqchi.
Bloomberg axborot agentligining manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, smartfonlar yangilangan operatsion tizim, ehtimol Siri yordamchisining kengaytirilgan funksiyalariga ega iOS 12 bilan jihozlanishi mumkin.
Kompaniya shu tariqa ayfondan ko‘p vazifalikni istovchi va iPhone X’ning arzonroq versiyasini qidiruvchi xaridorlar istagini qondirmoqchi. Agentlikning ta'kidlashicha, bu rejalar o‘zgarib qolishi ham mumkin. Kompaniya vakili bu borada izohlar berishni istamagan.
D33 deb atalayotgan katta ekranli smartfon butun old panelni egallovchi 6,5 dyuymli ekran oladi. Ekran “ajralgan ekran” funksiyasi bilan ta'minlanishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, iPhone X’dagi kabi, bu smartfonda Face ID texnologiyasi qo‘llanadi. Qurilma, shuningdek, 1242x2688 pikselli ekran, OLED texnologiyasi olishi mumkin. Cmartfonlarda yangi A12 protsessori qo‘llanadi.
Katta ekranli smartfonni ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi variantda ishlab chiqarish imkoni ko‘rilmoqda, biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Hamyonbop smartfonda Edge-to-Edge ekrani bo‘ladi. Uni arzonlashtirish uchun LCD-ekran, alyumin hoshiyalar va orqa panelida qora oyna o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda.
Yangi smartfonlar taqdimoti an'anaviy ravishda kuzda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024
Apple Globalstar sun’iy yo‘ldosh kompaniyasiga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi
00:17 / 31.10.2024