O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi muhokama etilmoqda
Rossiya eksport markazi (REM) O‘zbekiston hukumati bilan atom elektrostansiyasini qurishni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish imkoniyatlarini muhokama qilyapti. Bu haqda REMning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenko ma'lum qildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
“Mazkur masala muhokama etilmoqda. Bizning vazifa tovarlar va mahsulotlar, jumladan, yuqori texnologik eksportni qo‘llab-quvvatlashdir. Bu hukumat tomonidan bizning oldimizga qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishdir. Biz, albatta, o‘zimiz orqali yetarli darajada manfaatli va asosiy loyiha hisoblangan AES barpo etishni moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz”, — degan u “Expo-Russia Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko‘rgazmasida.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda tashkil etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilish marosimida mintaqadagi birinchi atom elektrostansiyasini bunyod etish bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi bitim shu yil oxirigacha imzolanishi e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024