Fan-texnika | 09:02 / 28.05.2018
5686
2 daqiqa o‘qiladi

Apple foydalanuvchilar haqida ma'lumot berilishi so‘ralgan murojaatlar sonini oshkor qildi

Foto: Bloomberg via Getty Images / David Paul Morris

Apple kompaniyasi foydalanuvchilar haqida ma'lumotlar berilishi so‘ralgan davlat va xususiy tomonlar murojaatlari bo‘yicha ma'lumotlarni oshkor qildi. Bu haqda kompaniya hisobotida bayon qilingan.

Hisobotga ko‘ra, 2017 yil ikkinchi yarmida kompaniya AQSh hukumatidan 8,25 ming akkaunt bo‘yicha 16,25 ming murojaat olgan. Murojaatlar soni 2017 yil birinchi yarmiga nisbatan 20 foizga va 2016 yil ikkinchi yarmiga nisbatan 2 martadan ko‘proqqa oshgan. 

Misol uchun, Xitoydan 748 ta murojaat yo‘llangan, ulardan 704 tasi qondirilgan (94 foiz).

Murojaatlar orasida foydalanuvchilar (misol uchun, telefoni o‘g‘irlab ketilganlar) manfaati yo‘lida harakat qiluvchi huquq-tartibot idoralari talablari bilan birga odamlar xavfsizligiga tahdid mavjud bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda ma'lumot taqdim qilish talablari ham bor bo‘lgan. Murojaatlarda, shuningdek, qayd qilish yozuvini bloklab qo‘yish, unga kirishni cheklash yoki umuman o‘chirib tashlash iltimoslari ham uchraydi.    

Xususiy tomonlar murojaatlari, odatda, sud taftishlari vaqtida yo‘llanadi.

Mavzuga oid