Litva prezidenti Rossiya bostirib kirishi mumkinligini aytdi
Litva prezidenti Dalya Gribauskaytening fikricha, Rossiya tomonidan harbiy bostirib kirish ehtimoli «juda yuqoridir». U bu haqda Germaniyaning Spiegel jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Agarda biz o‘zimizni himoya qilishni istashimiz va bunga qodir ekanimizni ko‘rsatsak, unda bizga hech kim hujum qilmaydi. Biz ruhan, siyosiy jihatdan, yurakdan va qalban bunga tayyor turishimiz kerak», - dedi Gribauskayte.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, G‘arbdagi ko‘plab davlatlar Rossiyaning o‘z manfaatlariga aralashuviga yetarlicha baho bera olmayapti. Shu bilan birga, Litva yetakchisining qayd etishicha, Rossiya Litvadan harbiy ustunlikka egadir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shoygu RF Mudofaa vazirligining Qrimdagi ilk yig‘ilishini o‘tkazishi xabar berildi.
Mavzuga oid
13:50
Latviya Rossiyaning transponderlari o‘chiq qiruvchilari haqida xabar berdi
13:10
Davlat dumasi: Kuzgi chaqiruv eski qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi
12:10
FIDE Bosh assambleyasi RF va Belarusga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni rad etdi
09:30