O‘zbekiston | 14:39 / 27.06.2018
5289
3 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar endi xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin

Foto: Elexonic

Respublika hududlarida xorijiy turistlar tomonidan turli xil sovg‘alar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlarni xarid qilib olishda qulaylik yaratish maqsadida, turistlar tashrif buyuradigan obektlar, hunarmandlar markazlari, tekstil mahsulotlari, zargarlik va ipak mahsulotlarini sotish joylarida xorijiy valyuta (Visa, Master Card, Union Pay) kartalarida savdo qilish bo‘yicha zaruriy sharoitlarni yaratish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot markazi.

Turistlar tashrif buyuradigan obektlarni bankomatlar va terminallar bilan ta'minlash xamda milliy valyutadagi mavjud “Uzcard” to‘lov infratuzilmalarida xorijiy valyuta kartalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. “Uzcard” tizimidagi terminallarda xalqaro Union Pay kartalari qabul qilinishi tashkil etilgan bo‘lib, MIR, Visa, Master Card kartalarini qabul qilish ishlari joriy yil iyun oyi yakuniga kadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, bugungi kunda respublika hududi bo‘yicha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bank infratuzilmalari, jumladan turistlar tashrif buyuruvchi obektlarra xorijiy valyutadagi plastik kartochkalarni qabul qiluvchi 2 358 ta terminallar va 151 ta bankomatlar o‘rnatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 6 martdagi R-5231-sonli farmoyishiga ko‘ra tijorat banklari xamda protsessing markazlari tomonidan qo‘shimcha ravishda milliy va xorijiy valyutadagi kartalarni qabul qiluvchi jami 21 880 dona terminal va 121 dona bankomatlar olib kelindi.

Tahlillar natijasida, respublika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan joylashtirish obektlari (mehmonxonalar) o‘rganilganda, joriy yilning 11 iyun holatiga 421 ta obektlarda jami 37 ta valyuta ayirboshlash shahobchalari faoliyat yuritmoqda, shuningdek, 66 ta obektga 81 dona bankomat va 419 ta obektga 436 ta terminallar o‘rnatilgan (2 tasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan).

Mavzuga oid