Jamiyat | 18:25 / 06.07.2018
22691
2 daqiqa o‘qiladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «Kun.uz»dagi tanqidga tezkor munosabat bildirdi

Kecha, 5 iyul kuni «Kun.uz» saytida «Davlat mehnat huquq inspektori «yo» bilan «yo»ning farqiga bormaydimi: bir varaq qarorda 113ta xato!» sarlavhasi bilan maqola nashr qilingan edi.

Bugun, 6 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabtlari vazirligining Feysbukdagi sahifasida ushbu maqolaga quyidagi munosabat e'lon qilindi:

«Kun.uz» axborot portalining «Davlat mehnat huquq inspektori «yo» bilan «yo»ning farqiga bormaydimi: bir varaq qarorda 113 ta xato!» maqolasiga javoban Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

1. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi inspektorlari S.Quvvatov (Toshkent) va N.Norboyevga (Samarqand) «O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati» sovg‘a qilindi (2 dona).

2. Nomlari keltirilgan inspeksiya xodimlaridan «Qarorlar tuzish va xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish» mavzusida nazorat diktanti olindi.

3. Inspektsiya xodimlariga bir oy muhlat berilib, muddat yakuniga ko‘ra ulardan o‘z ustida ishlaganligi, to‘g‘ri yozish va grammatikaga oid bilim darajalari oshganligini tekshirish uchun qayta nazorat diktanti olinadi.

«Kun.uz» axborot portaliga faolligi va kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Vazirlik amalga oshirilgan chora-tadbirlarni fotofakt sifatida ham keltirgan:

Facebook / Bandlik va mehnat munosabtlari vazirligi

Mavzuga oid