Sport | 21:20 / 20.08.2018
6254
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik barcha tennischilar yakkalik bahslarida keyingi bosqichga o‘tishdi

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kunida O‘zbekiston tennis jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Bugun musobaqadagi ilk o‘yinini o‘tkazgan Denis Istomin davrada pokistonlik Aqil Xonga qarshi kortga chiqdi. 57 daqiqa davom etgan bahsda musobaqaning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Istomin raqibini 6:3, 6:1 hisoblarida mag‘lub etdi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Denis Istomin
Foto: Abdullo Fayzullayev

Jo‘rabek Karimov livanlik Samaha Jiovani ustidan 6:4, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Jo‘rabek Karimov
Foto: Abdullo Fayzullayev

Denis Istomin va Farrux Do‘stov juftlik bahslaridagi ilk uchrashuvda pokistonlik tennischilar — Obid Muhammad va Murtazo Muzammil juftligini 7:6(5), 6:2 hisobida taslim etdi.

Jo‘rabek Karimov va Sanjar Fayziyev juftlik bahslarida livanlik Samaha Jiovani va Habib juftligini 6:3, 6:1 hisoblarida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l olishdi.

Nigina Abduraimova qozog‘istonlik Anna Danilinani 0:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Sabina Sharipova vetnamlik Ksila Fodorni 7:5, 6:3 hisoblarida mag‘lub etdi.

Iroda To‘laganova va Sabina Sharipova juftligi keyingi bosqichga yo‘l oldi. Xitoy Taypeyi tennischilaridan biri jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmasligini ma'lum qildi.

Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova janubiy koreyalik Kang Seo va Li Soraga yutqazishdi - 6(5):7, 7:5, 8:10.

Mavzuga oid