Jamiyat | 20:30 / 06.09.2018
19930
2 daqiqa o‘qiladi

Toshni teshgan tomchilar: Duo ibodatga muhtoj

Biz o‘ynayotgan o‘yin qanday bo‘lishidan qat'i nazar, har birimiz mashg‘ulotga muhtojmiz.

YouTube’da ko‘rish

Audio versiyasini tinglash

Misol uchun sportni olaylik. Sportning qar handay turi tinimsiz mashg‘ulotga muhtoj. Mashg‘ulotdan to‘xtagan sportchining “sportchi” degan nomi ham to‘xtaydi. Sportchi o‘z yo‘nalishida qo‘lga kiritgan g‘olibligiga qarab unga mukofot belgilanadi. Shundan keyin u mashhurlar qatoriga qo‘shiladi. Qanchadir muddat davralarning to‘ri uniki bo‘ladi. Kun kelib uning o‘rnini boshqa bir yosh sportchi egallaydi va bu holat mana shunday takrorlanaveradi. Bu bor gap. Agar dunyoni sport maydoni, bajarishimiz kerak bo‘lgan ibodatlar sport mashg‘ulotlari desak, albatta, buning mukofoti ham bo‘lishi aniq. Faqat bir farqi bor. Mashg‘ulotlarining mukofoti to‘kis holda, ortig‘i bilan berilishdan tashqari uning o‘rnini boshqasi egallay olmaydi. Uning topgan baland maqomi to qiyomat saqlanib qolaveradi. Uning jonbozligi hech kimning, asosiysi Yaratganning esidan chiqmaydi. Unga u rozi bo‘ladigan eng buyuk, betakror baxtni ato qiladi.

Mamlakat rahbari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fuqarosini yuz minglab, boringki millionlab xalqning oldida maqtasa, Olloh taolo O‘z yo‘lida jonini tikkan g‘olib bandasini milliardlab xalq oldida maqtaydi va u bilan maqtanadi. Ibodat mashg‘ulotiga aylanmasdan mukofot berilishini talab qilgan kimsadan ham baxtsizroq kim bor?

Zahiriddin Mansur

Mavzuga oid