O‘zbekiston | 19:38 / 24.09.2018
21790
2 daqiqa o‘qiladi

«Yoshlar» telekanaliga vaqtincha rahbar tayinlandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston MTRKning «Yoshlar» teleradiokanaliga vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Nozimjon Mo‘minov bundan buyon «Yoshlar» teleradiokanali direktori v.v.b sifatida ishlaydi.

N.Mo‘minov bunga qadar «Yoshlar» teleradiokanali» AJ direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Nozimjon Mahmudovich Mo‘minov 1976 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekiston 24» telekanali direktori o‘zgargandi. Telekanalga bungacha «Yoshlar» telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov direktor etib tayinlandi.

O‘zbekiston MTRKdagi manbalar ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda «Yoshlar» telekanalidagi moliyaviy holat ancha yomonlashgan. Xodimlarga ish haqi to‘lashda kechikishlar yuzaga kelmoqda.

Mavzuga oid