Jahon | 08:15 / 08.10.2018
9587
1 daqiqa o‘qiladi

Uels poytaxtidagi yarimmarafonning marra chizig‘ida 2 ishtirokchi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: HUW EVANS PICTURE AGENCY

Uels poytaxti Kardiffda o‘tgan yarimmarafon vaqtida 2 ishtirokchi marra chizig‘ida hayotdan ko‘z yumdi.

Yuguruvchilar 21 kmlik masofani bosib o‘tib, marra chizig‘ini kesib o‘tgach yiqilib tushganlar. Ularga voqea joyida yordam ko‘rsatilib, so‘ngra shifoxonaga olib ketilganlar. Biroq shifokorlar marafon ishtirokchilari o‘lganlarini qayd qilishgan.

Ikkala holatda ham yurak to‘xtatishi sabab bo‘lgan. Vafot etganlardan biri 30 yoshda, ikkinchisi esa 40 yoshdan kattaroq bo‘lgan.  

Musobaqa tashkilotchilarining ta'kidlashlaricha, bunday baxtsiz voqea musobaqalarning 15 yillik tarixida ilk marta yuz berdi.

Mavzuga oid