Sport | 18:26 / 11.10.2018
59695
1 daqiqa o‘qiladi

France Football «Oltin to‘p» so‘rovnomasi natijalarini e'lon qildi

Foto: Chistophe Ena/AP

France Football jurnali 2018 yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» sovriniga kim loyiq ekanini aniqlash maqsadida, muxlislar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Uning natijasiga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi 48% ovoz to‘plab, eng yaqin ta'qibchisi, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni (31%) katta farq bilan orqada qoldirdi. Uchinchi o‘rin «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi - 8%.

Foto: Getty Images

FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich atigi 2% ovoz to‘pladi.

So‘rovnomada 700 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.

Mavzuga oid